11:10 / 03.02.2020
5 883

Psixotrop dori vositalarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlar fosh etildi

Psixotrop dori vositalarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlar fosh etildi
Psixotrop dori vositalarini yurtimizga yashirin yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlar bojxona organlari tomonidan fosh etildi.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut ota” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro A.B. o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu shaxsning yuklari orasidan jami 100 dona “Baklasan” nomli psixotrop dori vositalari hamda har bir tabletka tarkibida 20 mg.dan “Fenobarbital” nomli psixotrop moddasi bo‘lgan 120 dona “Andipal” nomli dori vositasini noqonuniy ravishda mamlakatimizga olib kelayotganligi aniqlandi.

Hozirda bojxona organlari tomonidan mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Psixotrop dori vositalarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlar fosh etildi