16:20 / 03.02.2020
6 791

Bilimi bilan O‘zbekistonni dunyoga tanitayotgan o‘zbek o‘g‘loni

Bilimi bilan O‘zbekistonni dunyoga tanitayotgan o‘zbek o‘g‘loni
Xalq ta’limi vazirligi bilimi bilan Vatanimizni dunyoga tanitayotgan o‘zbek o‘g‘loni haqida yozdi.

2003 yilning 12 may kuni Buxoro viloyati, Peshku tumanida o‘qituvchi oilasida dunyoga kelgan o‘g‘longa orzu-havas bilan Jahongir deb ism quyishdi.

Jahongir oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lgani uchun unga e’tibor katta edi. U 2009 yil Peshku tumanidagi 18-maktabning 1-sinfida tahsil ola boshladi. Bolakayning matematika faniga qiziqishi va qobiliyatini payqagan oila a’zolari uyda unga atab mo‘’jazgina kutubxona yaratib berishdi.

Jahongir 5-sinfda o‘qiyotgan paytidan boshlab, har yili bilimlar bellashuvi, keyinchalik esa fan olimpiadasining tuman, viloyat va Respublika bosqichlarida 1-o‘rinni qo‘lga kirita boshladi. Bilimdon o‘quvchi muvaffaqiyatlari evaziga faxriy yorliq, diplom va medal bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, Jahongir Norboyev Tayland Qirolligining Changmey shahrida bo‘lib o‘tgan “Xalqaro matematika musobaqa”sining viloyat va respublika saralash bosqichlarida 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Xalqaro matematika musobaqasida qatnashib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi. Jamoaviy tarkibda O‘zbekiston terma jamoasining sardori sifatida 2-o‘rinni o‘rinni olganligi uchun diplom, terma jamoasi esa kubok bilan taqdirlandi.

2017 yilda Yaponiya davlatining “SAKURA” ilmiy tadqiqot dasturi bo‘yicha 10 kun Yaponiya davlatida ta’lim oldi. Iqtidorli o‘quvchilar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti delegatsiyasi bilan Turkmaniston Respublikasining Dayanch lageriga borib keldi. Oz muddatdan so‘ng Bolgariya Respublikasining Burgas shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro matematika musobaqasida 2-o‘rinni egalladi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Janubiy Afrika Respublikasining Durban shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro matematika olimpiadasida 2-o‘rinni egallab, kumush medal va diplom bilan taqdirlandi.

Joriy yil ham Jahongir uchun omadli keldi. Avstraliyaning SEAMO matematika olimpiadasida 18 ta davlat ichida 1-o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, Qozog‘istonning Olma-ota shahrida o‘tkazilgan Jautikov nomidagi olimpiadada kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Iqtidorli vatandoshimiz Jahongir Norboyevga kelgusi musobaqalardagi ishtirokida omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bilimi bilan O‘zbekistonni dunyoga tanitayotgan o‘zbek o‘g‘loni