10:32 / 04.02.2020
3 079

Toshkent viloyatida drondan foydalanib videolavha olmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Toshkent viloyatida drondan foydalanib videolavha olmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Foto: IIV axborot xizmati
Toshkent viloyatida dron apparatidan foydalanib videolavha olmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 3 fevral kuni Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Uning davomida, Toshkent shahri Yunusobod tumani, 6-mavzeda yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz O‘.Sh., Yashnobod tumani, Jarqo‘rg‘on ko‘chasida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz Yu.S., Toshkent viloyati Toshkent tumani, “Guliston” qishlog‘ida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz I.I. Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani “Yoshlik” mahallasi hududida “PHANTOM-4”-rusumli uchuvchisiz uchadigan dron apparatidan foydalanib videolavha olmoqchi bo‘lgan vaqtlarida ushlangan.

Ulardan dron apparati xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib, tekshirib ko‘rish uchun daliliy ashyo sifatida olingan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bildirilishicha, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 maydagi O‘RQ-534-sonli Qonuniga ko‘ra Jinoyat kodeksi 244-4-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida drondan foydalanib videolavha olmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi