16:07 / 04.02.2020
4 013

Qashqadaryoning eng baland cho‘qqisida joylashgan qishloq markazdan uzilib qoldi (foto)

Qashqadaryoning eng baland cho‘qqisida joylashgan qishloq markazdan uzilib qoldi (foto)
Kitob tumanidagi “Shut” qishlog‘i aholisi kuchli qor yog‘ib yo‘llar yopilib qolganligi sababli qamalda qoldi. “Nasafnews” nashriga yuborilgan murojaatda aholi shu kunlarda katta qiyinchiliklarga duchor bo‘layotgani yoziladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Hazrat Sulton tog‘larining cho‘qqisida joylashgan qishloqda 50 xo‘jalik istiqomat qiladi. Qishloq tuman markazidan 105 km. uzoqlikda.

Foto: Nasafnews
– 8 yil qog‘ozbozlik bilan hech nimaga erishmadik.Shuncha balandlikdan qichqirsak-da dodimiz hech kimga yetmadi. Internetni o‘rgandim.Toki dardimni xalq ovozi bilan hukumat vakillariga yetkazsam. Yullarimizni bir metrdan ko‘p qalinlikda qor yopib, mashinalar harakatlanishining imkoni qolmaydi. Biz uchun 7.5 kilometr bo‘lgan dara orqali yo‘lni ochib berish nahotki hukumat oldida muammo bo‘lsa.

Hattoki, bir marotaba bo‘lsa ham tuman FV mutasaddilari vaziyatni borib o‘rganishmadi. Prezident portaliga borib qilgan murojaatimizga ham viloyat va Kitob tuman hokimliklari bir parcha javob xati bilan qo‘ynimizni puch yong‘oqqa to‘ldirishdi.

Foto: Nasafnews
Eng achinarlisi shuki, voqelikni ko‘rmasdan, o‘rganmay, bilmay turib, qishloq ahli bilan bu masalada o‘z joyiga borib suhbatlashdik, deya yolg‘ondan bayonot berishlariga nima deysiz, deyiladi yuborilgan murojaatda.

“Nasafnews” vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Kitob tuman hokimligi bilan bog‘landi. Hokimlik axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, bu muammo hozirda o‘rganilmoqda.

Foto: Nasafnews
Aytilishicha, aholiga yo‘l qurib berish uchun 13 milliard so‘m atrofida mablag‘ kerak, mahalliy budjetdan buncha mablag‘ ajratishning imkoni yo‘q. Shu bois muammoni yechishning boshqa choralari usida bosh qotirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoning eng baland cho‘qqisida joylashgan qishloq markazdan uzilib qoldi (foto)