18:06 / 05.02.2020
3 007

25,5 million so‘m aliment pullarini to‘lamagan ota sud zalidan qamoqqa olindi

25,5 million so‘m aliment pullarini to‘lamagan ota sud zalidan qamoqqa olindi
Huquqbuzar I.Mamatov fuqarolik sudining qaroriga asosan aliment to‘lashga majbur bo‘lsada, biroq u 2016 yil yanvar oyidan shu kunga qadar 25578,0 ming so‘m aliment pullarini to‘lashdan bosh tortib kelgan.

Majburiy ijro byurosi hodimlari tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lsada, qarzdor ota tomonidan aliment pullari turli xil aldov yo‘llari bilan to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelingan.

Da’vogar F.Mamatova esa sog‘lig‘i yaxshi emasligi, mehnatga yaroqsiz ekanligi, bir nafar farzandini boqish uchun ilojsiz qolayotganligini, turmush o‘rtog‘i farzandini holidan xabar olmasligini, unga modddiy jihatdan yordam bermasligini aytib sudda sobiq turmush o‘rtog‘iga nisbatan chora ko‘rishni talab qildi. Quva tuman ma’muriy sudi ishni atroflicha o‘rganib, qarzdor ota Mamatov Iqrorjonga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

A.Jumayev
Quva tuman ma’muriy sudining raisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 25,5 million so‘m aliment pullarini to‘lamagan ota sud zalidan qamoqqa olindi