21:50 / 05.02.2020
3 534

Harbiy xizmatchiga OTMga kirishi uchun tavsiyanoma berish tartibi belgilandi

Harbiy xizmatchiga OTMga kirishi uchun tavsiyanoma berish tartibi belgilandi
Foto: «O‘zA»
«Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3215, 31.01.2020 y.).

Nizomga muvofiq, tavsiyanomalar muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha yuksak natijalarga erishgan, zaruriy bilim saviyasiga ega, namunali harbiy intizomini namoyon etgan eng munosib harbiy xizmatchilarga beriladi.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan fuqarolar quyidagilarga:
  • respublikaning oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga;
  • respublikaning OTMlari (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun OTMlarga qabul parametrlaridan tashqari ajratiladigan alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.

Tavsiyanomalar berishga tegishli o‘quv fanlarini yaxshi o‘zlashtirib borish, harbiy xizmat davomida olingan rag‘batlantirish hamda xizmat yakunidagi test sinovida to‘plangan ballar asos bo‘ladi.

Ilgari tavsiyanoma berishda harbiy xizmatchining kundalik xizmat faoliyati, qorovulda, sutkalik naryadlarda xizmatni o‘tashi, topshirilgan maxsus majburiyatlarni bajarishi ham inobatga olinar edi.

Tavsiyanoma, qoida tariqasida, muddatli harbiy xizmatchilarning 40 foiziga beriladi va ular berilgan sanadan boshlab 3 yil mobaynida amal qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Harbiy xizmatchiga OTMga kirishi uchun tavsiyanoma berish tartibi belgilandi