12:07 / 06.02.2020
2 795

1,2 milliard so‘mlik tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

1,2 milliard so‘mlik tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Respublikamiz bojxona xodimlari tomonidan tovar moddiy-boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
Yaqinda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan “Ohangaron” tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida, fuqaro G.R. boshqaruvida bo‘lgan “Isuzu”, fuqaro K.B. boshqaruvidagi “Lasetti” va fuqaro D.S.ga tegishli bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtoulovlar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinalar yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va hech kanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 1 milliard 20 million so‘mlik jami 13 turdagi parfyumeriya va tibbiyot anjomlari yashirilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1,2 milliard so‘mlik tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi