14:13 / 06.02.2020
3 190

Olmazor tumanida motosikl va yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Olmazor tumanida motosikl va yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
4 fevral kuni taxminan soat 17.00 da Olmazor tumani Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida “Shifokor” sport kompleksi qarshisida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

“SHACMAN” yuk avtomoili haydovchisi 43 yoshli I.T. 39 yoshli A.A. boshqargan “Yamaha” rusumli motosikl bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida motosikl haydovchisi tan shikastlari bilan tibbiy muassasaga yetkazildi.

Shu kunning o‘zida boshqa yo‘l-transport hodisasi ham ro‘y berdi: motosikl va yengil avtomobil ishtirokidagi kichik to‘qnashuv oqibatida YTH ishtirokchilari baxtiga ularning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetmadi.

Yil sayin poytaxtda motosikllar, moped va skuterlar soni oshib bormoqda. Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi yo‘l harakati ishtirokchilaridan ushbu omilni inobatga olishni, “ko‘r hududlarga” yetarlicha e’tibor qaratishni va burilishlarni (manyovrlarni) yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirishni so‘radi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olmazor tumanida motosikl va yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi