22:15 / 06.02.2020
3 913

XMT: 38 foiz paxta terimchilari terim vaqtida bir yillik daromadini ishlab topgan

XMT: 38 foiz paxta terimchilari terim vaqtida bir yillik daromadini ishlab topgan
2019 yilgi paxta hosilini yig‘ib olishda ishtirok etgan terimchilarning 38 foizi mavsum davomida bir yillik daromadlarini ishlab topishgan. Har bir terimchi o‘rtacha 23 kun mobaynida paxta terimiga chiqqan, bir oylik daromad o‘rta hisobda 2,2 mln so‘mni tashkil etgan.

Xalqaro Mehnat tashkiloti 2019 yilgi paxta terimi bilan bog‘liq hisobotini e’lon qildi. Unda ta’kidlanishicha, tashkilot kuzatuvchilari 1 kg terilgan paxta uchun to‘lanadigan haq 2018 yilga nisbatan oshganligini tasdiqlashgan. Hisobotda qayd etilishicha, paxta teruvchilar o‘z maoshlarini o‘z vaqtida va to‘lig‘icha olishgan. Har bir terimchi bir mavsumda o‘rtacha 23 kun paxta tergan va 2,2 mln so‘m daromad qilgan. Shu bilan birga, terimchilarning 38 foizi bu maosh ularning yillik daromadlarining 100 foizini tashkil etishini bildirgan.

Tashkilot hisobotiga ko‘ra, terimchilarning aksariyati 2018 yildan buyon ish sharoitlari yaxshilanganini ta’kidlashgan. 3 foiz respondent sharoit 2018 yilga nisbatan yomonroq, degan fikrda sobit qolgan. Bu transport, oziq-ovqat, ichimlik suvi ta’minoti, sanitar-gigiyena va boshqa sharoitlarga taalluqlidir.

Hisobotda terimchilarning yoshi va jinsi yuzasidan ma’lumotlar ham joy olgan. Unda yozilishicha, terimchilarning 59,3 foizi ayollar va 40,7 foizi erkaklar bo‘lgan. Terimchilarning 75,5 foizi qishloq hududlardan; 24,5 foizi shaharlardan kelishgan. 44,7 foizi boshqa voyaga yetgan oila a’zolari bilan paxta terishga chiqqan.

Talabalar, o‘qituvchilar, hamshiralar va shifokorlarni yollashga taqiq mahalliy darajada tizimli ravishda joriy etilib, ijro etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » XMT: 38 foiz paxta terimchilari terim vaqtida bir yillik daromadini ishlab topgan