09:48 / 07.02.2020
3 071

Markaziy shtab: Xitoydan kelgan 724 fuqaro tibbiy kuzatuvda, 2200ga yaqin kishida kuzatuv yakunlandi

Markaziy shtab: Xitoydan kelgan 724 fuqaro tibbiy kuzatuvda, 2200ga yaqin kishida kuzatuv yakunlandi
SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi qoshida tuzilgan koronavirusga qarshi kurash markaziy shtabi jahonda epidemiya tarqalishi va uning O‘zbekistonga kirib kelmasligi bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berdi.

6 fevral holatiga berilgan kunlik axborotda quyidagicha ma’lumotlar keltirilgan:
«Joriy yilning 5-fevral kuni Agentlikning virusologiya laboratoriyasiga Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan 245 nafar fuqarolardan koronavirus infeksiyasi tahlili uchun namunalar keltirilib, ushbu namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmadi.

I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga joriy yilning 5 fevral kuni xorijiy davlatlardan 28 ta samolyot qabul qilindi, 3990 nafar fuqarolar sanitariya-karantin punktlarida termometriyadan o‘tkazildi.

Temir yo‘llari AJ markaziy Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga qarashli 6 ta sanitariya-karantin punktidan jami 663 nafar fuqarolar o‘tishgan, shulardan 40 nafarini xorij fuqarolari tashkil etadi. Tana harorati ko‘tarilgan bemorlar aniiqlanmagan.

Davlat chegara kesishish punktlaridagi sanitariya-karantin punktlari orqali 1585 ta avtotransportlar, 28644 nafar fuqarolar o‘tkazilgan, shulardan 14646 nafari chet el fuqarolari hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan fuqarolar ro‘yxati asosida 2912 nafar fuqarolarimiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shulardan 2188 nafarida kasallikni yashirin davri (14 kun) yakunlangani va tibbiy ko‘rik davomida hech qanday koronavirus infeksiyasi belgilari aniqlanmaganligi bois tibbiy kuzatuv ishlari yakunlandi. Bugungi kunda 724 nafar fuqarolar 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olindi.

Xukumat komissiyasi qarori bilan joriy yilning 4-6 fevral kunlari O‘zbekistonga Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahridan 2 ta hamda Uxan provinsiyasidan 1 ta charter reyslar orqali jami 584 nafar fuqarolarimiz olib kelindi. Fuqarolarning barchasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirildi va 14 kun muddat davomida (kasallikning yashirin davri davomida) tibbiy nazoratga olindi. Fuqarolar uchun maxsus tayyorlangan muassasalarda barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan.

Agentlikning markaziy shtabi mutaxassislari tomonidan 71-276-49-66 ishonch telefoni orqali murojaat qilganlarga tushuntirishlar, aniq ma’lumotlar va zarur tavsiyalar berib borilmoqda.

Mamlakatimiz aholisi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya qoidalar talablari asosida amalga oshirilmoqda. Bu kasallikni Respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi tomonidan nazoratga olingan».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy shtab: Xitoydan kelgan 724 fuqaro tibbiy kuzatuvda, 2200ga yaqin kishida kuzatuv yakunlandi