17:55 / 07.02.2020
3 820

Fuqaro bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan YPX inspektori lavozimidan ozod etildi (video)

Fuqaro bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan YPX inspektori lavozimidan ozod etildi (video)
2020 yil 2 fevral kuni internet tarmog‘ida Qashqadaryo viloyatida bodi-kamera taqmagan YPX inspektori haydovchidan hujjat talab qilgani, haydovchi esa bunga e’tiroz bildirganiga oid videotasvir tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan YPX katta inspektori B.F.ga nisbatan viloyat IIB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.

Respublika YHXBB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘tkazilgan tekshiruv davomida YPX katta inspektori B.F. xizmat faoliyatini olib borishi davomida, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori va IIVning me’yoriy hujjatlarida ko‘rsatilgan talablariga rioya etmasdan, fuqarolar bilan bepisandlarcha qo‘pol munosabatda bo‘lib, o‘zining intizomsizligini namoyon qilib, fuqarolar ongida IIO xodimlari to‘g‘risida salbiy fikrlarni uyg‘onishiga sababchi bo‘lgan.

Ma’lumotda aytilishicha, u egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaro bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan YPX inspektori lavozimidan ozod etildi (video)