08:28 / 08.02.2020
4 531

O‘zbekiston fuqarosi qachon Toshkentdan uy sotib olishi mumkin bo‘ladi?

O‘zbekiston fuqarosi  qachon Toshkentdan uy sotib olishi mumkin bo‘ladi?
Oliy sud raisi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov Xalqaro press-klubning fuqarolar va tadbirkorlarning turar joy hamda boshqa ko‘chmas mulkiga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash borasidagi mavjud muammolar va ularni hal qilish yo‘llariga bag‘ishlangan sessiyasida qatnashdi.

Xolmo‘min Yodgorov: “Kelgusida butun O‘zbekiston fuqarolarining Respublika bo‘ylab xohlagan joyidan uy-joy olish huquqi ta’minlanadi”, deb aytdi. Ammo bu masala qachondan va qanday amalga oshirilishiga izoh keltirilmadi.

Hozir amalda bo‘lgan qoidalarga binoan, O‘zbekiston fuqarolari Toshkent shahridan uy sotib olmoqchi bo‘lsa, faqat yangi qurilgan uydan sotib olishi mumkin. Lekin Toshkent propiskasi bo‘lmagan fuqaro poytaxtdagi ikkilamchi bozordan uy sotib ololmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston fuqarosi qachon Toshkentdan uy sotib olishi mumkin bo‘ladi?