10:50 / 08.02.2020
4 328

Qo‘qonda Spark va Nexia avtomashinasi o‘rtasida dahshatli to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Qo‘qonda Spark va Nexia avtomashinasi o‘rtasida dahshatli to‘qnashuv sodir bo‘ldi
2020 yilning 7 fevral kuni soat 21:00 larda haydovchi 24 yoshli A.R., boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashinasida Qo‘qon shahar Turkiston ko‘chasidan G‘isht ko‘prik ko‘chasi yo‘nalishi tomon harakatlanib chorrahaga kelganida o‘ziga nisbatan yo‘lning o‘ng tomonidan harakatlanib kelayotgan 37 yoshli A.X.,ning boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir qilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.

Natijada “Spark” avtomashinasining motor qismi “Nexia” avtomashinasining old qismiga urilishi natijasida qisqa tutashuv hosil bo‘lishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan va haydovchilar hech qanday tan jarohati olmagan hamda shifoxonaga murojaat qilmagan.

Hozirda Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘qonda Spark va Nexia avtomashinasi o‘rtasida dahshatli to‘qnashuv sodir bo‘ldi