14:18 / 08.02.2020
3 421

«Toshshahartransxizmat» Isuzu va Captiva ishtirokidagi YTH haqida ma’lumot berdi

«Toshshahartransxizmat» Isuzu va Captiva ishtirokidagi YTH haqida ma’lumot berdi
Foto: «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati
«Toshshahartransxizmat» AJ 7 fevral kuni soat 17:45 atrofida poytaxtning Sergeli tumanidagi chorrahada avtobus va Captiva ishtirokida yuz bergan yo‘l transport hodisasining tafsilotlarini oshkor etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 12-avtobus saroyi tasarrufidagi 117-yo‘nalishda qatnovchi Isuzu rusumidagi avtobus o‘z yo‘nalishi bo‘yicha birinchi darajali yo‘l – Nilufar ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda ikkinchi darajali yo‘l, ya’ni Nilufar 3-tor ko‘chasidan kelayotgan Captiva avtobusning chap orqa qismiga kelib urilgan va uni ag‘darib yuborgan. YTH tufayli ikki nafar yo‘lovchi yengil jarohat olgan va ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Foto: «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati
Hodisa yuzasidan YHXB tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Toshshahartransxizmat» Isuzu va Captiva ishtirokidagi YTH haqida ma’lumot berdi