17:16 / 08.02.2020
3 488

1-sinf o‘quvchilari fevral oyida qo‘shimcha bir haftalik ta’tilga chiqadi

1-sinf o‘quvchilari fevral oyida qo‘shimcha bir haftalik ta’tilga chiqadi
1-sinf o‘quvchilarining fevralda qo‘shimcha ta’tilga chiqishi maktablar ma’muriyati tomonidan belgilanadi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 1-sinf o‘quvchilariga qo‘shimcha ta’til berilishi lozim.

Xususan, 1-sinf o‘quvchilari fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’tilga chiqishlari ko‘zda tutilgan.
Bildirilishicha, ta’til fevral oyining aynan qaysi kunlariga to‘g‘ri kelishi har bir maktab ma’muriyati tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1-sinf o‘quvchilari fevral oyida qo‘shimcha bir haftalik ta’tilga chiqadi