22:53 / 08.02.2020
3 630

Qashqadaryoda 10 million so‘m qalbaki pullar yasab, muamolaga chiqargan shaxslar qo‘lga olindi

Qashqadaryoda 10 million so‘m qalbaki pullar yasab, muamolaga chiqargan shaxslar qo‘lga olindi
Foto: Qashqadaryo IIB
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 10 million so‘m soxta pul yasab, muamolaga chiqargan yoshlar qo‘lga olindi. Bu haqda Qashqadaryo IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, kosonlik yoshlar Yo.B. va S.F.lar 200 dona 50 ming so‘mlik kupyuralarni rangli printerdan chiqarib, bozordan qora mol xarid qilgan.

Soxta pul ishlab chiqaruvchilar 2020 yil 24 yanvar kuni Koson tumanidagi «Olato‘n» bozoriga boradi va soxta pullariga kosonlik T.M.ning 10 million so‘mlik ho‘kizini sotib oladi.

Foto: Qashqadaryo IIB
Bozordan uyiga qaytgan mol egasi pullar soxta ekanligini bilgach, bu haqda Koson tuman IIBga ma’lum qiladi. Tuman IIB xodimlarining sa’y-harakati bilan firibgarlar qo‘lga olinadi.
Hozirda holat yuzasidan Koson tuman IIB TB tergov haraktlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda 10 million so‘m qalbaki pullar yasab, muamolaga chiqargan shaxslar qo‘lga olindi