11:25 / 09.02.2020
2 887

Taqiqlangan dori sotuvchilari qo‘lga tushdi

Taqiqlangan dori sotuvchilari qo‘lga tushdi
6 fevral kuni soat 03:30 larda Yashnobod tumani 6-sonli Ichki ishlar bo‘limiga uchinchi bosqichga xizmatga jalb etilgan Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati brigadasi xodimlari safdor Zoxid To‘xtayev va safdor Boxodir Umarovlar taqiqlangan dori sotuvchilarini qo‘lga tushirdi.

Xodimlar xizmat olib borayotganlarida Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida «Matiz» rusumli avtoulovga ikki noma’lum shaxs qo‘llaridagi qutilarni joylayotgan vaqtlarida PPX xodimlarini ko‘rib o‘z harakatlari bilan shubha uyg‘otadi. Xodimlar ushbu avtomashina oldiga borib tekshirmoqchi bo‘lganlarida ushbu shaxslar avtoulovga o‘tirib voqea joyidan qochib ketishga urinadi. Lekin tezkorlik natijasida ushbu avtoulov ushlanib, 6-sonli IIBga olib borib shaxsiga aniqlik kiritiladi.

Ushbu shaxslar Bektemir tumani «Bilolnazim» ko‘chasida doimiy ro‘yxatda turuvchi 1991 yilda tug‘ilgan Raxim I. hamda Yashnobod tumani Umid maxallasida doimiy ro‘yxatda turgan 1995 yilda tug‘ilgan Xamid X.lar ekanligi aniqlanib, avtoulovning orqa yuk xonasi xolislar ishtirokida tekshirilganda taqiqlangan dori vositalari Tropikamid 505 dona, Regapen 60 dona, Fanigan 9 dona, 4.635.000 so‘m pul va 30 AQSH dollari borligi aniqlangan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Taqiqlangan dori sotuvchilari qo‘lga tushdi