21:28 / 10.02.2020
4 504

“Xakerlar”da ayb yo‘q yoxud so‘kong‘ich matbuot kotibi

“Xakerlar”da ayb yo‘q yoxud so‘kong‘ich matbuot kotibi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi matbuot kotibi Mirzohid Botirovga tegishli ekani aytilayotgan yozishmalarning nusxasi tarqaldi.

Unda Mirzohid Botirov o‘ziga tanish va ancha sinashta bo‘lgan boshqa foydalanuvchi bilan «dildan suhbat» qurgani anglashiladi. Haqorat-u uyatsiz gaplarga to‘la yozishmalarda gap aylanib, blogerlarga taqalgan paytda matbuot kotibi «...osmonga chiqayotgan blogerni joyini ko‘rsatib qo‘ygani»ni alohida ta’kidlab, «15 kunda mulla bo‘lgani»ga urg‘u beradi. Shuningdek, yozishmalarda o‘sha bloger «asakalik» ekani, «hokim tiq» degani uchun «tiqilgani»ni yozib bo‘lmas haqoratlar bilan bayon qilinadi.

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati ushbu yozishma yuzasidan bayonotida: «Facebook ijtimoiy tarmog‘ida “Yoshlar olami” akkaunti bilan foydalanuvchi Mirzohid Botirovning ushbu akkaunti xakerlik hujumiga uchragan bo‘lib, Mirzohid Botirov 2020 yilning 8 fevral kuni ushbu holatlardan xabar topgan va shu kunning o‘zidayoq viloyat prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. Hozirda huquq-tartibot organlari tomonidan skrinshotdagi yozishmalar kim tomonidan olib borilganligiga aniqlik kiritilmoqda.

Ushbu xabarlar tafsiloti bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi», — deyiladi hokimlik bayonotida.

Tahririyatdan: “Aldagani bola yaxshi” deganlaridek birorta nojo‘ya gap-so‘z chiqib qolsa “xakerlar” aybdor bo‘lib qolaveradimi? Viloyat hokimligining matbuot kotibining og‘zidan bodi kirib shodi chiqib tursa boshqalardan nima kutish mumkin?

“Xakerlar” haqidagi bahona o‘xshamabdi. Kelgusi safarga tuzukrog‘ini topinglar, hurmatli matbuot xizmati xodimlari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Xakerlar”da ayb yo‘q yoxud so‘kong‘ich matbuot kotibi