23:20 / 10.02.2020
4 663

Qashqadaryo va Surxondaryoda bodom gulladi

Qashqadaryo va Surxondaryoda bodom gulladi
Foto: Telegram
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida bodom gulladi. Bu haqda «Daryo» o‘quvchilari xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi Bo‘zariq qishlog‘ida bodom daraxti allaqachon gullashga ulgurgan.

Foto: Telegram
Surxondaryolik mushtariyning «Daryo»ga xabar berishicha, Termizda ham bodom gullagan.

Jumladan, 2015 yil 15 yanvarida Surxondaryoda, 2016 yil 18 yanvarida Toshkent shahrida, 2017 yil 2 fevralida Surxondaryoda, 2018 yil 3 fevralida Qashqadaryoda, 20 fevralida Surxondaryoda, 2019 yilning 3 yanvarida Namanganda, 17 yanvarida Surxondaryoda, 29 yanvarida Samarqand shahrida bodom gullagani haqida xabarlar berilgan edi.

Ayni payt O‘zbekistonda qish fasli bo‘lsa-da, ob-havoning iliq kelishi tabiat qoidalariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryo va Surxondaryoda bodom gulladi