12:10 / 11.02.2020
3 171

Ajrimdan to‘g‘ri xulosa chiqargan ota oilasiga qaytdi

Ajrimdan to‘g‘ri xulosa chiqargan ota oilasiga qaytdi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Yunusobod tuman bo‘limi ish yurituvida, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 12.10.2009 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor X.R.dan undiruvchi S.R. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taminoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan Majburiy ijro byurosining Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Ijro hujjati yuzasidan qarzdor X.R. davlat ijrochisining qonuniy talablarini bajarmasdan, aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamaganligi sababli qarzdorligi 19.416,8 ming so‘mni tashkil etib, qarzdor X.R.ga nisbatan aliment pullarini bartaraf etmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan unga nisbatan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanishi to‘g‘risida ogohlantirilib, bayonnoma rasmiylashtirildi.

Holatni qarangki, bo‘limga kelgan undiruvchi S.R. va qarzdor X.R. yarashib oilasini tiklashini, undiruvchi S.R. alimentdan yig‘ilib qolgan 19.416,8 ming so‘mdan voz kechishini aytib, bo‘lim boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qildi va ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 40-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan, ijro hujjati undiruvchi S.R.ga qaytarilib, ijro ishi yurituvini tamomlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Yana bir oila yarashtirildi. Voyaga yetmagan bir nafar farzand to‘laqonli oilada kamol topadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ajrimdan to‘g‘ri xulosa chiqargan ota oilasiga qaytdi