17:00 / 11.02.2020
4 131

Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish muddati 15 martgacha uzaytirildi

Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish muddati 15 martgacha uzaytirildi
Foto: Fotolia / WavebreakmediaMicro
Qo‘shni davlatlardan o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha muddat joriy yil 15 martgacha uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.

Qo‘shni davlatlar (Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston) oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar va ularning ota-onalaridan kelib tushgan ko‘plab murojaatlarni inobatga olgan holda, qolaversa, fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida arizalarni qabul qilish muddati shu yilning 15 martiga qadar uzaytirildi”, - deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Avvalroq, qo‘shni davlatlarda o‘qiyotgan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini yurtimizga ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilish boshlangani, arizalar 15 fevralgacha qabul qilinishi xabar berilgandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalar va ota-onalarga maxsus ogohlantirish bilan ham chiqdi. Unda aytilishicha, o‘qishni ko‘chirishda hech qanday qo‘shimcha talablar va sinovlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi mezonlarga asosan qabul qilinadi:
  • fuqaroning doimiy yashash manzili (oliy ta’lim muassasasining sig‘imi yoki hududdagi oliy ta’lim muassasalarida tegishli soha bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud bo‘lmagan holatlarda, istisno tariqasida boshqa viloyatdagi oliy ta’lim muassasasiga tavsiya etilishi mumkin);
  • talaba o‘qiyotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishining o‘qishi ko‘chirilayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mosligi (bunday yo‘nalish mavjud bo‘lmagan taqdirda, turdosh ekanligi);
  • xorijda talaba o‘qiyotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlarini inobatga olgan holda, ularni asosan sirtqi va kechki ta’lim shakllariga tavsiya etish;
  • talabalar o‘qishini ko‘chirishda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining mavjud imkoniyatlari (moddiy-texnik baza, jumladan smenalik koeffitsiyenti, professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi va boshqalar) inobatga olinadi.

Fuqarolardan Hududiy ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so‘ralgan:
- ariza (joyida to‘ldiriladi);
- reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma (transkript) nusxasi;
- pasport nusxasi.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish muddati 15 martgacha uzaytirildi