17:30 / 11.02.2020
4 073

Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 100 kilogramm yaroqsiz go‘sht yo‘q qilindi

Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 100 kilogramm yaroqsiz go‘sht yo‘q qilindi
Qashqadaryo viloyatidan Toshkentga olib ketilayotgan 100 kilogramm miqdordagi yaroqsiz go‘sht «Umakay» postida to‘xtatib qolindi. Bu haqda Qashqadaryo IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova xabar bermoqda.

Foto: Qashqadaryo IIB
2020 yil 9 fevral tungi soat 02:30 da viloyat IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi karantin bo‘linmasi va YPX xodimlari tomonidan «Umakay» YPX maskanida to‘xtatilgan Z.K.ning avtomobilidan hech qanday hujjatlarga ega bo‘lmagan 100 kilogramm go‘sht chiqqan.

Foto: Qashqadaryo IIB
Chiroqchi tuman oziq-ovqat mahsulotlari mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasining ekspertiza xulosasiga asosan go‘sht mahsulotlari yaroqsiz deb topilgan va veterinariya laboratoriya xodimlari tomonidan tegishli tartibda yo‘q qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 100 kilogramm yaroqsiz go‘sht yo‘q qilindi