23:07 / 11.02.2020
6 001

Yo‘lning o‘rtasida raqsga tushgan yigit: "Maqsad odamlarning kayfiyatini ko‘tarish edi" (video)

Yo‘lning o‘rtasida raqsga tushgan yigit: "Maqsad odamlarning kayfiyatini ko‘tarish edi" (video)
O‘tgan haftada sodir bo‘lgan voqea butun jamoatchilik e’tiborini o‘ziga tortgan edi. Ya’ni poytaxtimizning Chilonzor metrosi yaqinidagi chorrahada bir yigit yo‘lning o‘rtasiga chiqib olib raqsga tushgan edi. Bu haqda "Zamon" informatsion dasturida so‘z yuritildi.

Ushbu raqs bir qarashda mashhur aktyor Jan-Klod Van Damm suratga tushgan filmni yodga solib yuboradi. Raqs tushgan yigit Van Dammga taqlid qilgan ko‘rinadi. Aktyorga muxlislik qilish yaxshi, ammo filmdagi xatti-harakatlarni serqatnov yo‘lda, avtomashinalarga xalal bergan holda amalga oshirishi to‘g‘rimikan?

Shuningdek, ushbu yigit o‘zining hayotini ham xavf-xatarga qo‘ygan. Mazkur holat Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganildi va qoidabuzar yigit va uning o‘rtoqlari ushlanib, ularning shaxsiga aniqlik kiritildi. Ular to‘rt kishi bo‘lgan. Xo‘sh, yigitlar bu tomoshani nima maqsadda tashkil etishgan edi?

Farhod Mannonov bu haqda shunday deydi: - Men o‘rtoqlarim bilan bo‘sh vaqtimizdan unumli foydalanish uchun ushbu videoni suratga olgan edik. Maqsad ichib-chekish yoki boshqa narsa emas, balki odamlarning kayfiyatini ko‘tarish edi. Rossiyadagi o‘rtoqlarim bilan birgalikda chellenj-battl ketayotgani uchun shu videoni suratga olgandik. Bizning bu xatti-harakatimizni yosh bolalar takrorlamasligini tavsiya qilgan bo‘lardik.

Instagram tarmog‘ida ko‘plab obunachilarga ega bo‘lgan ushbu bloger yigit mazkur videoning bunchalik muhokamalarga sabab bo‘lishini o‘ylaganmikan? 23 yoshli Farhod Mannonovga nisbatan bu qilmishi uchun O‘z.R. MjTKning 183-moddasi, ya’ni mayda bezorilik, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik bo‘yicha Ma’muriy ishlar bo‘yicha Chilonzor tuman sudining qaroriga ko‘ra, jarima jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yo‘lning o‘rtasida raqsga tushgan yigit: "Maqsad odamlarning kayfiyatini ko‘tarish edi" (video)