07:00 / 12.02.2020
3 392

O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida umra ziyorati uchun navbatlar tugatildi

O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida umra ziyorati uchun navbatlar tugatildi
Joriy yilning 11 fevral kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida “Umra safarini tashkil etish va o‘tkazish” masalalari bo‘yicha OAV vakillari va jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, “Uzbekistan airways” rahbariyati va mutasaddi xodimlari hamda jurnalist va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda mutasaddilar tomonidan Umra safarini tashkil etish va o‘tkazish, so‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan ziyoratchilarimiz uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratilayotgani va bu jarayon yildan-yilga yaxshilanib borilayotgani haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, anjumanda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida respublikamiz hududlarida umra navbatlarining sezilarli darajada kamayishiga erishilgani, hozirgi kunda aksariyat viloyatlarda, jumladan, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Sirdaryo, Xorazm, Jizzax, Navoiy va Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy navbatlar tugatilgani aytib o‘tildi.

Tadbir davomida fuqarolarimizning umra safariga borish istaklarini to‘laqonli ta’minlash hamda joriy navbatni tezroq tugatish maqsadida qisqa fursat ichida Toshkent-Madina-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 3-reysni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy sa’y-harakatlar olib borilayotgani alohida ta’kidlandi.

Matbuot anjumanida 2020 yil 1 fevral kunidan e’tiboran, birinchi reys Toshkent-Jidda, ikkinchi reys esa Toshkent-Madina yo‘nalishida amalga oshirilayotgani, 3-reys yo‘lga qo‘yilsa, Toshkent-Jidda yo‘nalishida 1 ta, Toshkent-Madina yo‘nalishida 2 ta reys amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, tadbirda 2019 yilning 14 noyabr kunidan e’tiboran har kuni bittadan aviareys yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, 10 dekabr kunidan e’tiboran kunlik aviareyslar soni 2 taga yetgani, hozirga qadar jami 38 mingga yaqin fuqaro Umra ziyoratini ado etib qaytgani aytildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida umra ziyorati uchun navbatlar tugatildi