10:06 / 12.02.2020
3 445

Toshkentdan Jidda va Madina shaharlariga reyslar narxi qimmatligiga izoh berildi

Toshkentdan Jidda va Madina shaharlariga reyslar narxi qimmatligiga izoh berildi
Jidda va Madinaga parvozlar Istanbul va Dubay reyslariga nisbatan 30-40 foizga qimmatligi aytiladi. Vaholanki, bu to‘rtala yo‘nalish ham masofa jihatidan bir-biridan katta farq qilmaydi. 11 fevral kuni haj va umra ziyoratiga oid masalalar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda «Toshkent – Jidda», «Toshkent – Madina» yo‘nalishlarining aviachiptalari masofa jihatidan bir-biriga yaqin boshqa yo‘nalishlar, masalan, «Toshkent – Istanbul», «Toshkent – Dubay» yo‘nalishlarida parvoz qiluvchi samolyotlarnikidan 30-40 foizga qimmatligining sababi, yaqin kelajakda bu narxlarning qayta ko‘rib chiqilishi ehtimoli bor-yo‘qligi so‘raldi.

Savolga «Uzbekistan airways» AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Shuhrat Xudoyqulov javob berdi.
«Doimiy reys bo‘lgandan keyin aviachiptalarning narxiyam belgilangan. Minimal narx borish-kelish uchun 633 dollar, bir tarafga esa 330 dollar. Bu eng minamal narx. Birgina ekonom-klassdagi aviachiptalarning ham o‘n xil turi bor. Narxlari ham bir-biridan farq qiladi.
2017-2018 yillarda mazkur yo‘nalishlarda aviachipta narxi bir kishiga o‘rtacha 850 dollardan to‘g‘ri kelgan.

Chiptaning narxi nimadan kelib chiqadi? Aviakompaniyaning ichki xarajatlaridan, boshqa davlatlarning aeroportlaridan foydalanganlik uchun to‘lanadigan to‘lovlar, ishchilarga beriladigan maoshlardan kelib chiqib, aviachiptaning narxi belgilanadi. Dubay va Istanbul yo‘nalishidagi aviachiptalarning arzonligi ulardagi xarajatlar stavkasi kamligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu sababli Istanbul va Jiddaga uchadigan samolyotlar chiptalarining narxi garchi masofasi yaqin bo‘lsa-da bir-biridan farq qiladi
», – dedi u.

Ma’lum qilinishicha, Toshkentdan Madina va Jiddaga doimiy reyslar soni mart oyiga borib yanada ko‘payadi.
«Shu yilning 10 martidan «Toshkent – Madina» yo‘nalishi bo‘yicha yana bitta reys qo‘yiladi va haftalik reyslarimiz soni 21taga yetadi», dedi Shuhrat Xudoyqulov.

Unga ko‘ra, 2018 yil davomida 12458 nafar, 2019 yilda 77519 nafar, 2020 yilning yanvar oyida esa 30413 nafar yo‘lovchi milliy aviakompaniya orqali Saudiya Arabistoniga borib-qaytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdan Jidda va Madina shaharlariga reyslar narxi qimmatligiga izoh berildi