12:45 / 12.02.2020
3 204

Bankomatlar orqali naqd pulni plastik kartaga o‘tkazish imkoniyati yaratiladi

Bankomatlar orqali naqd pulni plastik kartaga o‘tkazish imkoniyati yaratiladi
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, 2020 yil 20 martga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqiladi. Loyihalarda:
- xorijiy mutaxassislar ishtirokida “yashirin iqtisodiyot”ning vujudga kelish omillarini tahlil qilish va unga qarshi kurashish dasturini tasdiqlash;
- “raqamli markirovka va onlayn kassa” loyihasini o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini nazoratga olish;
- internet-savdo (elektron tijorat) sohasidagi sub’ektlarni aniqlash tartibini takomillashtirish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lashni hisobga olgan holda soliqqa tortish mexanizmini ishlab chiqish;
- “yuk tashish monitoringi” yagona axborot platformasida tijorat transporti sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish va amalga oshirish monitoringi uchun zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish;
- “E-ombor” tovarlarini hisobga olishning elektron tizimini ishlab chiqish va joriy etish, import qilinadigan tovarlar bo‘yicha elektron shaklda hisobotlarni tayyorlashni ta’minlash;
- import qilingan oziq-ovqatlar, ma’danli va gazlangan suvlar, tarkibida alkogol bo‘lmagan boshqa ichimliklarni majburiy markirovka qilishni bosqichma-bosqich joriy etish;
- soliq organlarida markirovka qilish majburiy bo‘lgan tovarlarni hisobga olishning elektron bazasini yaratish;
- gastrol-konsert faoliyatida elektron bilet tizimini joriy etish;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar noqonuniy faoliyatini qisqartirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
- o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning faoliyatini tartibga solishni yanada takomillashtirish, ularni soliqqa tortish, ish stajini hisobga olish va faoliyat yuritish tartibini soddalashtirish;
- “yashirin iqtisodiyot” sub’ektlarini aniqlash mexanizmini takomillashtirish;
- savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sub’ektlari tomonidan ishlatilayotgan turli dasturiy mahsulotlarni Davlat soliq qo‘mitasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga integratsiya qilish;
- bankomatlar orqali naqd pul mablag‘ini bank plastik kartalari yoki bank hisob raqamlariga o‘tkazish imkoniyatini yaratish;
- mazkur karta va hisob-raqamlar egalariga amalga oshirilgan operatsiya qiymatining ma’lum miqdorida bonuslar taqdim etish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas’ullar - Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat bojxona qo‘mitasi, Hisob palatasi, Bosh prokuratura, Savdo-sanoat palatasi, Transport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bankomatlar orqali naqd pulni plastik kartaga o‘tkazish imkoniyati yaratiladi