7 fevral kuni Buxoro viloyati Qorako‘l tumani jinoyat sudida jayron ovchilariga nisbatan sud ishining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sud hukmiga muvofiq ushbu qonunbuzarlikni sodir etgan 5 nafar fuqaroning 4 nafariga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasi 3-qismining tegishli bandlariga muvofiq 3 yil muddatga, 1 nafariga esa 4 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi belgilangan.
Shuningdek, jami 66 900 000 so‘m miqdorda tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan va undirib olingan.
Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan 2019 yil 24 avgustdan 25 avgustga o‘tar kechasi uch dona ov quroli hamda kuchli yoritish quvvatiga ega projektorlardan foydalangan holda tumanning Qorako‘l ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan 2 bosh jayronni ovlagan 5 nafar fuqaro Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari hamda chegara harbiy qism askarlari tomonidan to‘xtatib qolingani to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasiga muvofiq ish qo‘zg‘atilib, hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, sudga oshirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?