07:47 / 14.02.2020
4 279

Vladimir Putin O‘zbekistondagi urush va mehnat faxriylarini mukofotladi

Vladimir Putin O‘zbekistondagi urush va mehnat faxriylarini mukofotladi
Foto: Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev Toshkentda yashaydigan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylarini (Rossiya fuqarolarini) Rossiya ta’sis etgan «G‘alabaning 75 yilligi» medali bilan taqdirladi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

Mukofotlar prezident Vladimir Putinning ko‘rsatmasi bilan berilgan.
Regnum’ning yozishicha, Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston SSSR davlatlaridan olib kelingan 1,5 milliondan ortiq insonni ocharchilik va o‘limdan saqlab qolgan. Ulardan 300 mingi Leningrad, Belarus, Polsha va Ukrainadan keltirilgan yetim bolalar bo‘lgan.

Urush yillarida O‘zbekistonda 15 ta harbiy diviziya va brigada tuzilgan, Toshkentda joylashtirilgan harbiy o‘quv yurti front uchun minglab harbiy va siyosiy yetakchilarni tayyorlab bergan.

Foto: Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi

Foto: Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi
Ikkinchi jahon urushi arafasida O‘zbekistonda 6,5 million kishi yashagan bo‘lsa, ulardan 1,5 millioni frontga yo‘l olgan. Urushga ketgan o‘zbekistonliklardan 420 ming nafari halok bo‘lgan, 640 mingi tan jarohati olgan, 130 ming kishi esa bedarak yo‘qolgan.

Urush yillarida 120 ming o‘zbekistonlik harbiy davr orden va medallari bilan taqdirlangan, 280 kishiga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni, 82 nafar o‘zbekistonlik harbiyga esa to‘liq darajadagi Shon-sharaf ordeni berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vladimir Putin O‘zbekistondagi urush va mehnat faxriylarini mukofotladi