13:53 / 14.02.2020
3 784

Hindiston elchisi Ortiqxo‘jayevdan budda ibodatxonasi qurish uchun yer so‘radi

Hindiston elchisi Ortiqxo‘jayevdan budda ibodatxonasi qurish uchun yer so‘radi
Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Santosh Ja shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan uchrashdi. Bu haqda poytaxt hokimiyati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda elchi hokimdan Gandi tavalludining 150 yilligi munosabati bilan uning Toshkentda memorial ochilishi, shuningdek, poytaxtda hind jamoasi ibodat qilishi uchun budda ibodatxonasi qurilishiga yer maydoni ajratishini so‘radi.
Bu ish O‘zbekistonga sayyohlar oqimining oshishiga xizmat qilishini gapning orasida qistirib o‘tdi.

Shu bilan bir qatorda o‘tgan haftada hind kompaniyalariga shifoxona, universitet hamda akvaparklar qurish uchun yer maydoni ajratilganligi va bu maqsadni amalga oshirish uchun $1 mlrddan ortiq pul mablag‘i jalb qilinganligi ta’kidlandi.
Hozirda Toshkentda hind kapitali ishtirokidagi tadbirkorlik sub’ektlari soni 154 taga yetgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hindiston elchisi Ortiqxo‘jayevdan budda ibodatxonasi qurish uchun yer so‘radi