Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB
Toshkent viloyati Zangiota tumani hududida qidiruvdagi firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati ma’lum qildi.
Zangiota tumani Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l patrul xizmati inspektori, serjant Mag‘rur Sharifboyev tuman hududida «Avtokon» moslamasi bilan xizmat olib borayotgan vaqtida Nexia-3 rusumli avtomashinani to‘xtatadi. Haydovchi bilan uning qarzdorligi to‘g‘risida gaplasha boshlagan vaqtida avtomobil salonida o‘tirgan yo‘lovchiga e’tibor qaratadi.
YPX inspektori, serjant Mag‘rur Sharifboyev
Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB
Mashinadagi yo‘lovchi o‘zini bir oz shubhali tutadi. Bu holat YPX inspektorining e’tiborini tortadi. U o‘z shubhasini tekshirib ko‘rish uchun yo‘lovchini tuman ichki ishlar boshqarmasiga olib keladi.
Yo‘lovchining ma’lumotlari kompyuterdagi maxsus dastur orqali tekshirilganida shubhalanish asossiz bo‘lmagani oydinlashdi. Tekshiruvga jalb qilingan fuqaro A.O.ga nisbatan Toshkent viloyati, Zangiota tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik)ning 3-qismi «b» bandiga asosan jinoyat ishi ochilib, unga nisbatan 2019 yil 20 dekabr kuni qidiruv e’lon qilingani ma’lum bo‘ldi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi