20:02 / 14.02.2020
4 152

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 10 nafar rektor ishdan olindi

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 10 nafar rektor ishdan olindi
Foto: «tdpu.uz»
«Oliy ta’lim muassasalari rektorlarini lavozimlarga tayinlash to‘g‘risida» hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram kanali.

Qarorga muvofiq, OTMlarda quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirildi:
1. Alisher Umarov Toshkent davlat pedagogika universitetining rektori etib tayinlandi va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shavkat Sharipov ushbu lavozimdan ozod qilindi.
2. Shavkat Sharipov Jizzax davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Abdug‘ani Xolbekov ushbu lavozimdan ozod qilindi.
3. Bahodir Sobirov Navoiy davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Baxtiyor Doniyorov ushbu lavozimdan ozod qilindi.
4. Sobitxon Turg‘unov Namangan davlat universitetining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Muzaffar Esonov Namangan davlat universitetining rektori vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.
5. Botir Usmonov Toshkent kimyo-texnologiya institutining rektori etib tayinlandi va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shuhrat Mutalov ushbu lavozimdan ozod qilindi.
6. Jasur Rizayev Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent davlat stomatologiya institutining rektori lavozimidan ozod qilindi. Azamat Shamsiyev Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori lavozimidan ozod qilindi.
7. Orifjan Bozorov Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Nazirila Maxmudov ushbu lavozimdan ozod qilindi.
8. Sharibboy Ergashev Namangan muhandislik-qurilish institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Shukurjon Kenjaboyev ushbu lavozimdan ozod qilindi.
9. Ma’murjon Otajonov Qo‘qon davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Azizjon Eminov ushbu lavozimdan ozod qilindi.
10. Abdullajon Hamroqulov Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali ijrochi direktori — Filial direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 10 nafar rektor ishdan olindi