11:43 / 15.02.2020
2 847

O‘zbekistonda Turkuaz ishi qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda Turkuaz ishi qayta ko‘rib chiqiladi
Foto: «VeniVidi.ru»
O‘zbekiston bir guruh turkiyalik investorlar da’vosiga binoan chiqarilgan Investitsiyaviy nizolarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markazning (ICSID) arbitraj tribunali qarorini bekor qilish haqida kassatsiya shikoyatini kiritdi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz»ga tayanib Daryo.

Xalqaro arbitraj sudi 2019 yilning oktabr oyida Güneş Tekstil va boshqa biznesmenlarning da’vosi bo‘yicha O‘zbekistonga musodara qilingan mol-mulkining kompensatsiyasi sifatida Turkuaz savdo markaziga sarmoya kiritgan turk investorlariga 40 million dollar to‘lashi kerakligi haqida qaror chiqargandi.

Toshkentdagi Turkuaz savdo markazi 2011 yilda yopilgan edi. Hukumat bunga bir qancha qonunbuzarliklar sodir etilganini sabab qilib ko‘rsatgan. 2013 yilda Güneş Tekstil vakili, Turkuaz savdo markazi egasi bo‘lgan Vohid Gunesh va boshqa bir guruh investorlar O‘zbekiston yetkazilgan zararni to‘lashini talab qilib, ICSID’ga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.

12 fevral, chorshanba kuni, O‘zbekiston manfaatlarini ifoda etuvchi Amerikaning White & Case advokatlik firmasi sud jarayonini qayta boshlash tashabbusi bilan chiqdi. ICSID bosh kotibi arizani ro‘yxatdan o‘tkazdi va qarorning bajarilishi vaqtincha to‘xtatib qo‘yilganligi to‘g‘risida tomonlarni xabardor qildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda Turkuaz ishi qayta ko‘rib chiqiladi