17:50 / 15.02.2020
2 956

Sherzod Shermatov: «Xususiy maktablarga o‘gay boladek qaralgan»

Sherzod Shermatov: «Xususiy maktablarga o‘gay boladek qaralgan»
Foto: Taraqqiyot strategiyasi markazi
Toshkent shahrida “O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Murojaatnomasi: Harakatlar Strategiyasining 3 yillik samarasi va 2020 yilga belgilangan ustuvor vazifalar” mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi. Unda xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar haqida gapirdi.

Xususiy maktablarga “o‘gay boladek” qarab kelingan. So‘nggi 3 yil ichida xususiy maktablar oldidagi barcha to‘siqlar olib tashlandi. Oddiy bir misol: litsenziya olish masalasi. [Ilgari] Vazirlar Mahkamasidan olinardi. Hozir hujjat topshirib, istalgan Davlat xizmatlari markaziga borib, litsenziya olinadi. Shu paytgacha xususiy maktablarning birortasi attestat bermagan, hozir xususiy maktablar davlat maktablari kabi attestat bera oladi. Bu sohaga raqobat kirib kelib, sohada ham rivojlanish boshlanadi”, – dedi Shermatov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligi Osiyo taraqqiyot banki bilan Sergeli tumanida davlat-xususiy sherikchilik asosida yangi maktablarni qurish bo‘yicha loyiha boshlagan.
Sherzod Shermatov yildan-yilga oliy ta’limda kirish kvotasi oshirilishi haqida gapirib, bu qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sherzod Shermatov: «Xususiy maktablarga o‘gay boladek qaralgan»