22:17 / 16.02.2020
5 689

Saida Mirziyoyeva Ivanka Tramp va Kristalina Georgiyeva bilan suhbati tafsilotini ma’lum qildi

Saida Mirziyoyeva Ivanka Tramp va Kristalina Georgiyeva bilan suhbati tafsilotini ma’lum qildi
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tayotgan Xalqaro ayollar forumida AQSH prezidenti maslahatchisi Ivanka Tramp va Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva bilan ko‘rishgani haqida xabar qilingan edi. Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ushbu uchrashuv tafsilotlarini ma’lum qildi.


«Dubayda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro ayollar Forumi ochilishi oldidan Jahon banki prezidenti Devid Malpass bilan suhbatlashib qoldik. U meni Ivanka Tramp bilan tanishtirdi.

Tanishuv chog‘ida Ivankaning yonida turgan Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva suhbatga qo‘shildi va O‘zbekiston Prezidentiga hurmati baland ekanini izhor qildi.

Dubay amiri Shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum Hazrati Oliylari va Manal bint Muhammad bin Rashid Al Maktum Zoti Oliyalariga taklif uchun minnatdorlik bildiraman
», — deya yozadi Saida Mirziyoyeva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saida Mirziyoyeva Ivanka Tramp va Kristalina Georgiyeva bilan suhbati tafsilotini ma’lum qildi