10:38 / 17.02.2020
4 747

Pedagogik ta’limning 6ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil bo‘ladi

Pedagogik ta’limning 6ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil bo‘ladi
Pedagogik ta’limning 6ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil qilib belgilanadi. Bu haqda Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, 2020 yil 1 aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
- 2020/2021 o‘quv yilidan pedagogik ta’limning 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddatini 3 yil qilib belgilash;
- oliy ta’lim muassasalarining hududlardagi pedagogik ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va ayrim filiallari negizida Pedagogika institutlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

Mas’ullar - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi.
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarini nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda transformatsiya qilish mo‘ljallangan.

2020 yil 1 iyunga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanadi. Loyihada:
- kamida 5 ta oliy ta’lim muassasasini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformatsiya qilishni boshlash;
- mazkur jarayonga xorijiy moliya institutlarining grantlarini jalb qilish nazarda tutiladi.

Mas’ullar - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pedagogik ta’limning 6ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil bo‘ladi