14:55 / 17.02.2020
12 254

To‘yda tilak bildirayotib, jon bergan onaning qizlari va qudalari o‘rtasidagi huquqbuzarlik ishi sudda ko‘rildi

To‘yda tilak bildirayotib, jon bergan onaning qizlari va qudalari o‘rtasidagi huquqbuzarlik ishi sudda ko‘rildi
Farzandining to‘yida “tilaklar” bildirayotib, jon bergan onaning farzandlari va qudalari o‘rtasidagi huquqbuzarlik ishi sudda ko‘rilib, ular ish bo‘yicha yarashtirildi va javobgarlikdan ozod qilindi.
Quva tuman ma’muriy sudida 2020 yil 14 yanvar kuni “Haqorat” va “Tuhmat” bo‘yicha ish ko‘rib chiqildi.

Jumladan, 2019 yil 13 noyabr kuni soat 11:00larda kuyov X.Xakimov va kelin S.Xakimovani to‘yi bo‘layotgan vaqtida, kuyov va uning onasi so‘zga chiqib, to‘yga kelganlarga tashakkur aytib o‘g‘li va keliniga yaxshi tilaklar bildirayotgan vaqtida to‘satdan yuragi ushlab qoladi va o‘g‘lining qo‘lida jon beradi, zudlik bilan tez yordam bo‘limiga olib borilgan “ona” esa vafot etgani tasdiqlanadi.
Kuyov to‘y marosimlari o‘tkazish o‘rniga dafn marosimlarini o‘tkazadi va chuqur tushkunlikka tushib qoladi.

Yuragiga xech narsa sig‘magan, chuqur tushkunlikka tushgan va onasining marosimlari bilan band bo‘lgan kuyov X.Xakimov, kelin S.Xakimovaning oldiga ha deganda kiravermaydi. Oradan ikki uch kun o‘tib, kuyovning opalari kelinni qadamini yoqmaganlikda ayblab, “uni qiz chiqmagan” deb gap tarqatadi. Kelin ham to‘yi bo‘lmasa ham sharoitni tushungan holda yashashga rozi bo‘lib, kuyovning uyiga borib yashay boshlaydi.

Biroq kuyov bola hamda uning uyidagilar unga pichir-pichir qilib, qadami yoqmaganligini orqavorotdan aytishni boshlaydi. Ilojsiz qolgan kelin S.Xakimova bu holatda bir necha kun chidaydi va ushbu tana-dashnomlar to‘xtamagach o‘zining onasiga aytishga majbur bo‘ladi. Kelinning onasi ham qudalarga qizining aybi yo‘qligini kuyovning onasi vafot etsa bu Ollohning ishi ekanligini aytadi va shu orada janjallashib, jahli chiqib haqorat qila boshlaydi.

Huquqbuzarlar ushbu holat yuzasidan IIBga murojaat qiladi va ularga nisbatan tuhmat va haqorat bo‘yicha tegishli materiallar to‘planadi. Surishtiruv davomida kelin ekspertizadan o‘tkazilganda “qiz bola” ekanligi oydinlashadi. IIB tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv harakatlari davomida uch nafar huquqbuzar, ya’ni kelinning onasi (haqorat) va kuyovning ikki nafar opalari (tuhmat)ga nisbatan bayonnoma rasmiylashtiriladi va ish sudga oshadi.

Sudda ushbu ish bir necha kun davomida ko‘rib chiqiladi, taraflar tinglanadi va ularga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo choralari, ish bo‘yicha o‘zaro yarashib, bir birlaridan kechirim so‘rasa, sud ularni kechirishlarini batafsil tushuntiradi, bundan tashqari, mahalla fuqarolar yig‘ini oqsoqollari, bosh imom xatib va boshqa faollarni jalb qilib tushuntirish ishlarini olib boradi, chunki ikki tarafda bir-biriga nisbatan adovat paydo bo‘lgan va bu oxir oqibat og‘ir jinoyatni yuzaga keltirishi mumkin edi.

Taraflar sudning bergan tushuntirish va tavsiyalari asosida kelinning ko‘chi va boshqa masalalarini o‘zaro hal qilishib, sudda bir birlaridan kechirim so‘rashib, boshqa bunday huquqbuzarliklar sodir qilmasliklarini, biroq kelin-kuyovlar oilani tiklashi uchun biroz vaqt o‘tishi lozimligini ta’kidlaydi.

Sud ish holatlarini atroflicha o‘rganib, huquqbuzarlarning o‘zaro ish bo‘yicha yarashib olganlik holatini inobatga olib, o‘zining insonparvarlik prinsipidan kelib chiqqan holda jazo tayinlamaslikni lozim topdi.

Quva tuman ma’muriy
sudining raisi
A.Jumayev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » To‘yda tilak bildirayotib, jon bergan onaning qizlari va qudalari o‘rtasidagi huquqbuzarlik ishi sudda ko‘rildi