17:25 / 17.02.2020
3 768

Lasettining yonilg‘i bakiga nima yashirilgan edi?

Lasettining yonilg‘i bakiga nima yashirilgan edi?
Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Bekobod-avto” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro A.Sh boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, avtomashinaning yonilg‘i uchun mo‘ljallangan bak ichiga ustamonlik bilan yashirilgan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, umumiy qiymati 44 million so‘mlik 20 dona “Samsung Galaxy A10S” markali uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tegishli tartibda bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lasettining yonilg‘i bakiga nima yashirilgan edi?