22:55 / 17.02.2020
3 652

Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona qiymatidagi “o‘yinlar” fosh etilmoqda

Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona qiymatidagi “o‘yinlar” fosh etilmoqda
Ma’lumki, import qilingan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki, hisoblanadigan bojxona to‘lovlari miqdori aynan ana shu qiymatga bog‘liq bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida tovarning bojxona qiymatini aniqlashning xalqaro umume’tirof etilgan usullarini qo‘llash tartiblari va shartlari belgilab qo‘yilgan.

Biroq, ayrim uddabiron shaxslar tomonidan belgilangan tartibni buzib, Davlat budjetiga bojxona to‘lovlarini kamroq to‘lash ilinjida tovarlarni bojxona qiymatini aniqlashda turli xil “o‘yinlarga” qo‘l urmoqdalar.

Davlat bojxona qo‘mitasi Raisining qarori bilan tuzilgan bojxona mutaxassislaridan iborat tahlil guruhi tomonidan “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga bojxona qiymati past holda rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalari aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Gap shundaki, 2019 yil davomida Xitoy Xalq Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga “Oscar Konstation”, “Mono Tex Expo”, “Kontinent Optimal Trade”, “Astoria Expo Trade”, “Sunpremise”, “Vineta Luxse Trade”, “Alfameo Optimal Trade”, “Ros Standart Invest” va “Cosmos Industry” MCHJlar nomiga olib kelingan hamda “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan printerlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda ataylab past narxlangan xulosalarga tayanib, qiymatlarni chegirib tashlash usulida bojxona to‘lovlari hisoblangan. Natijada jami 3,5 mlrd. so‘m qo‘shimcha undirilishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘g‘atilib, tergov organlariga yuborildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona qiymatidagi “o‘yinlar” fosh etilmoqda