00:19 / 18.02.2020
5 196

Saida Mirziyoyeva: Ayollar huquqini ta’minlamay turib, inson huquqlarini to‘la qaror toptirib bo‘lmaydi (foto, video)

Saida Mirziyoyeva: Ayollar huquqini ta’minlamay turib, inson huquqlarini to‘la qaror toptirib bo‘lmaydi (foto, video)
O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva 17-18 fevral kunlari Dubayda bo‘lib o‘tgan Butunjahon ayollar forumida ishtirok etdi.

Forumning dastlabki kunida so‘zga chiqqan Mirziyoyeva nutqini yakunlagach, mavzu yuzasidan anjuman mezbonlarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.

– Fikringizcha, nega gender tengligi O‘zbekiston hukumati uchun muhim?
– O‘zbekistonning yangi strategiyasida inson huquqlarini ta’minlash muhim jihatlardan biridir, bunga esa xotin-qizlar huquqlarini ta’minlamasdan erishib bo‘lmaydi.

Ayollar O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan, lekin ularning mehnati doim ham munosib baholanmagan. Shu bois, bugun prezidentimizning xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini o‘zgartirishga qaratilgan doimiy sa’y-harakatlari tufayli mamlakatimizdagi gender vaziyat o‘zgardi.

Gender mutanosibligi ayollarning qaror qabul qilishdagi rolini oshiradi, natijada mamlakat ijtimoiy muammolarni yanada samarali hal qila oladi, chunki ayollar ijtimoiy masalalarga ko‘proq ta’sirchan.

– O‘zbekiston gender tengligi masalalari bo‘yicha komissiyasi faoliyatining g‘oyasi va vakolatlari haqida ko‘proq so‘zlab bersangiz.
– Biz O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash uchun qonunchilik bazasini yaratdik, bu oson kechmadi. Bu qonunlarni amaliyotga tatbiq etish bundan ham murakkab bo‘lishini anglaymiz. Shuning uchun komissiyaning bosh vazifasi – gender siyosatini hayotimizning barcha jabhalariga joriy qilish. Biz gender tengligi barcha davlat tashkilotlarida ro‘yobga chiqarilishini kuzatamiz va qo‘llab-quvvatlaymiz.

Shuningdek, komissiya jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan gender alomati bo‘yicha kamsitish bilan bog‘liq shikoyatlarni hal qilishda yuridik yordam ko‘rsatadi. Komissiya odamlarga gender tenglik masalalarini tushuntirish va ularning gender masalasiga daxldorlik hissini oshirish uchun ham mas’ul.

– Ajoyib. Demak, xotin-qizlar mavqeyini yaxshilash bo‘yicha ishlarni qaysi yo‘nalishda kuchaytirish, sizning fikringizcha, bu borada qanday birinchi galdagi choralarni ko‘rish lozimligi haqida biroz batafsil to‘xtalsangiz. Ustuvor maqsadlaringiz qanday?
– Birinchidan, xotin-qizlarni qonun chiqaruvchi hokimiyatga jalb etish bilan bog‘liq qator yutuqlarimiz bor. Parlamentda xotin-qizlar soni 32 foizni tashkil etadi. O‘zbekiston Senati raisi ham shular jumlasidan.

– Aytgancha, men u (Tanzila Norboyeva – tahr.) bilan uchrashganman.
– Ha. U Gender masalalari bo‘yicha komissiyaga ham rahbarlik qilmoqda. Bizning navbatdagi muhim maqsadimiz – ijro etuvchi hokimiyat organlarida ayollar sonini ko‘paytirish. Bu ayol vazirlar, ayol hokimlar, kompaniyalar direktorlar kengashining ayol a’zolari sonini oshirish degani.

Va men shuni aytishim kerakki, bu yo‘nalishda ham muvaffaqiyatga erishdik. Masalan, Ichki ishlar vazirligi tizimida 16 nafar ayol rahbar lavozimlarga tayinlandi.

Nihoyat, men ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi vakili sifatida OAVda gender tenglikni ilgari surish bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatlash niyatidaman. Shuningdek, odamlar ayollarga va ularning jamiyatdagi roliga nisabatan munosabatini o‘zgartirishlari uchun o‘zimning shaxsiy mas’uliyatimni ko‘raman.

– Suhbatimiz yakunigacha kam vaqt qolganini hisobga olib, yana bir ahamiyatli savolga o‘tmoqchiman: O‘zbekistonda gender tengligi kelajagiga qanday qaraysiz? Va, ruxsat bersangiz, bu yerda barchangiz – ishlayotgan onalarsiz.
– Ha.

– Bunday muvozanatga qanday erishish mumkin?
– Men ayollarimizning kelajagiga juda optimistik nazar bilan qarayman, chunki biz yaxshi huquqiy baza yaratish va barcha uchun asosiy ta’limni ta’minlashga qaratilgan eng murakkab ishni qilib bo‘ldik. Bizda ta’lim, sport va boshqa sohalarda muvaffaqiyat erishgan ayollar ko‘p.

Men bu yerda bo‘lishdan, butun dunyodan kelgan shuncha mashhur ayollarni ko‘rishdan juda mamnunman. Men mamlakatlarimiz kelajagiga, xotin-qizlar kelajagiga, ularning ta’siri, rolini kuchaytirish va qimmatli xizmatlarini e’tirof etish borasida qilinayotgan ishlarga qat’iy ishonaman.

Butun jahon ayollari ta’sir kuchiga ega. O‘zbekiston ayollari ham ushbu ta’sir davom etishiga qaratilgan global sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

– Katta rahmat sizga, xonim.

Chapdan o‘ngga: Dubay Ayollar tashkiloti raisi Mona Al Marri, Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Tereza Mey, AQSH prezidentining katta maslahatchisi Ivanka Tramp, Dubay madaniyat va san’at boshqarmasi raisi shayx Latifa bint Muhammad ibn Rashid Al Maktum, O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva


Forumning ilk kunida tantanali kechki ovqat tashkil etildi. Suratda o‘ngda – AQSH Davlat depertamentining Butunjahon ayollar masalalari bo‘yicha bo‘limi rahbari Kelli Karri

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saida Mirziyoyeva: Ayollar huquqini ta’minlamay turib, inson huquqlarini to‘la qaror toptirib bo‘lmaydi (foto, video)