10:30 / 18.02.2020
3 011

O‘zbekistonda nazorat ostida bo‘lgan ayrim shaxslarning respublikadan chiqishi cheklab qo‘yiladi

O‘zbekistonda nazorat ostida bo‘lgan ayrim shaxslarning respublikadan chiqishi cheklab qo‘yiladi
Foto: uzairways.com
Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2020-2021 yillarda ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, 2020 yil dekabrga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

Unda nazorat ostidagilar ma’muriy nazoratdan bo‘yin tovlash maqsadida yashash joyini o‘zboshimchalik bilan tark etgan hollarda ularning respublika hududidan chiqishini cheklashni nazarda tutuvchi tartibni joriy qilish mo‘ljallanmoqda.

Mas’ul ijrochilar - Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura.

Shuningdek, tegishli oliy ta’lim muassasalarida psixologiya yo‘nalish bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning probatsiya bo‘linmalarida amaliyot o‘tashini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda nazorat ostida bo‘lgan ayrim shaxslarning respublikadan chiqishi cheklab qo‘yiladi