13:56 / 18.02.2020
3 689

O‘zbekistonda o‘qituvchilar maoshini oshirish bo‘yicha yangi tizim ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda o‘qituvchilar maoshini oshirish bo‘yicha yangi tizim ishlab chiqiladi
Pedagogik mahorat va malaka darajasiga ega bo‘lgan, o‘z ishida aniq natijalarga erishgan o‘qituvchilarga yuqori ish haqi to‘lash tizimini joriy qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» davlat dasturida nazarda tutilgan.

Qayd etilishicha, 2020 yil 1 aprelga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihada:
- pedagogik mahorat va malaka darajasini tasdiqlash bo‘yicha kasbiy sertifikatsiya tizimini joriy qilish;
- birinchi va oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik ish haqini malaka toifasiga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarga nisbatan oshirib borish amaliyotini joriy etish va oylik ish haqi o‘rtasidagi farqlarni kengaytirish nazarda tutiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda o‘qituvchilar maoshini oshirish bo‘yicha yangi tizim ishlab chiqiladi