«O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ-4602-son, 18.02.2020 y.) qabul qilindi.
«Huquqiy axborot» kanali xabar berishicha, qarorga muvofiq, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari – vazirga hamda vazirlik hududiy bo‘linmalari boshliqlari birinchi o‘rinbosarlari – vazirlik hududiy bo‘linmalari boshliqlariga tenglashtiriladi.
Har bir mahallada tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslarni faol jalb qilish hisobiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi kompleksi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida quriladi.
Fuqarolar yig‘inlariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ijtimoiy dasturlar, shu jumladan «Har bir oila – tadbirkor» dasturi, «Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi», «Yoshlar – kelajagimiz» dasturi asosida imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Qaror bilan, shuningdek, komplekslarni qurish uchun davlat-xususiy sheriklikning asosiy shartlari belgilandi.
Komplekslarni qurish uchun yer uchastkalarini tanlab olish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
2020 yil 1 iyulga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar markazlarida «Mahalla markazi» majmualari binolarini qurish (rekonstruksiya qilish, ta’mirlash) ishlari yakunlanadi.
Qaror bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tashkiliy tuzilmasi, 99 shtat birligidan iborat markaziy apparatining tuzilmasi, shuningdek hududiy boshqarma va bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?