12:53 / 19.02.2020
5 070

Toshkentda 21 nafar xalqaro terroristik tashkilot a’zolari qo‘lga olindi

Toshkentda 21 nafar xalqaro terroristik tashkilot a’zolari qo‘lga olindi
Foto: Arxiv
2020 yilning 19 fevral kuni, Toshkent shahri hududida «Tavxid va jihod katibasi» (TJK) xalqaro terroristik tashkilotiga aloqador bo‘lgan bir guruh tarafdorlari va a’zolarining faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur shaxslar hozirda Suriyada xalqaro terroristik tashkiloti TJK safida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 1996 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan A.Shodibekovning g‘oyaviy ta’siriga tushib, uning jinoiy faoliyatiga yaqindan ko‘mak berish maqsadida moddiy tomondan yordam ko‘rsatib, TJK tarkibiga borib qo‘shilishni rejalashtirib kelganlar.

Yuqoridagilarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1552-moddasi 1-qismiga (Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish) asosan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida poytaxt hududidagi 18 ta manzilda tintuv tadbirlari o‘tkazilib, 21 nafar shaxs qo‘lga olindi.

Ushlangan shaxslarning yashash manzillaridan jinoyatga aloqador bo‘lgan ashyoviy dalillar topilib, qonuniy tartibda rasmiylashtirilib olindi. Hozirda tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.

Ma’lumot tariqasida keltirish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentabrdagi qarori bilan «Tavxid va jihod katibasi» xalqaro terroristik tashkiloti faoliyati O‘zbekiston Respublikasi hududida taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 21 nafar xalqaro terroristik tashkilot a’zolari qo‘lga olindi