15:11 / 19.02.2020
4 655

Amir Temur davlat boshqaruvini qanday kitobdan o‘rgangan? (foto)

Amir Temur davlat boshqaruvini qanday kitobdan o‘rgangan? (foto)
Foto:aoka.uz
Jahonning turli o‘lkalarida yaratilgan yozma manbalarda sharqona davlat boshqaruvi haqidagi qimmatli tajriba o‘z aksini topgan. Davlat va huquq tarixi hamda nazariyasiga oid “Al-ahkom as-sultoniyya val-valayat ad-diniyya” (“Sultonlik hukmlari va diniy boshqaruv qoidalari”) asari ana shunday muhim manbalar qatoriga kiradi.

Abulhasan Ali ibn Muhammad Movardiy (973-1058) qalamiga mansub ushbu nodir asar qo‘lyozmasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tasarrufidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida saqlab kelinmoqda.

Asarda bayon etilgan X–XI asrlardagi musulmon davlati boshqaruv tizimi, undagi mansablar iyerarxiyasi, yer-suv masalalarini tartibga solish, o‘rmon va tog‘-kon xo‘jaliklarini tashkil etish, turli darajadagi mansabdorlarning siyosiy-huquqiy maqomiga oid qimmatli ma’lumotlar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagani tufayli ushbu manbani o‘rganish hanuzgacha davom etmoqda.

“Saljuqiylar va g‘aznaviylar sulolasi bilan bir qatorda, asardan temuriy va boburiy hukmdorlar, Buxoro, Qo‘qon va Xiva xonlari ham foydalangani o‘zbek davlatchiligi tarixini o‘rganish uchun uning chuqurlashtirilgan tadqiqotini amalga oshirishni talab etadi”, — dedi olim Ziyovuddin Jo‘rayev.

Ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan mutafakkir va davlat arbobi, “Baytul hikma”ning raisi bo‘lgan mutakallim va faqih Abulhasan Movardiyning “Al-ahkom as-sultoniyya” asari Abbosiy hukmdorlar Qodir Billoh va Qoim Biamrilloh iltimosiga ko‘ra, saltanat tuzish qonun-qoidalarini aniq bir tartibga keltirish maqsadida yozilgan.

“Sultonlik hukmlari” kitobining manbashunoslik tadqiqotini amalga oshirish, mamlakatimiz va chet el kutubxonalarida saqlanayotgan qo‘lyozmalari, tarixiy va zamonaviy nashrlari, G‘arb va Sharq tillariga qilingan tarjimalari hamda unga bag‘ishlangan jiddiy tadqiqotlarni ilmiy muomalaga kiritish manbashunoslikning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Amir Temur davlat boshqaruvini qanday kitobdan o‘rgangan? (foto)