17:24 / 19.02.2020
3 827

Sobiq soliqboshi Botir Parpiyev va Azizbek Ikromov vazir o‘rinbosari bo‘ldi

Sobiq soliqboshi Botir Parpiyev va Azizbek Ikromov vazir o‘rinbosari bo‘ldi
Davlat soliq qo‘mitasining sobiq raisi Botir Parpiyev Prezident farmoni bilan yangi lavozimga tayinlandi. U endi Mahalla va oila masalalari vaziri o‘rinbosari o‘laroq faoliyat yuritadi. Bu haqda Qalampir.uz manbasi xabar bermoqda. Parpiyev bugun, 19 fevral kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilishda yangi lavozimga tayinlangan.

Bunga qadar Botir Parpiyev Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisining Keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda, u yangi vazirlikda oilaviy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish, tomorqa va obodonlashtirish, ekologiya, bandlikka ko‘maklashish masalalariga mas’ul bo‘ladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Ikromov ham yangi lavozimga tayinlandi.

IIV o‘rinbosariga Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilishda yangi tashkil etilgan Mahalla va oila masalalari vazirligiga vazir o‘rinbosari vazifasini bajarish yuklangan. U bir vaqtning o‘zida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidagi faoliyatini ham davom ettiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sobiq soliqboshi Botir Parpiyev va Azizbek Ikromov vazir o‘rinbosari bo‘ldi