17:18 / 20.02.2020
3 196

Maktablardagi sinflar yo‘nalishiga qarab 5ta guruhga ajratiladi

Maktablardagi sinflar yo‘nalishiga qarab 5ta guruhga ajratiladi
Dilshod Kenjayev
Foto: Xalqaro press-klub

Xalqaro press-klubning 2020 yil Davlat dasturiga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. U ijtimoiy sohaga bag‘ishlandi.
Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev tadbir davomida bir qator yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Yaqin vaqt ichida maktablardagi sinflar yo‘nalishiga qarab 5ta guruhga ajratiladi. Bular - aniq fanlar, gumanitar, tibbiyot va boshqalar.
2020-2021 yildan boshlab xalq ta’limida o‘qitishning milliy dasturi ishlab chiqiladi.

Bu yil davlat budjetidan 18,6 trillion so‘m mablag‘ Xalq ta’limi sohasiga ajratilgan. Ularning 90 foizi soha xodimlarining oylik mablag‘larini shakllantiradi
”, - dedi u.

Shuningdek, Dilshod Kenjayevning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda respublika bo‘ylab 3500 ta maktabda sport zallari mavjud emas.
Bundan oldin, xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar haqida gapirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktablardagi sinflar yo‘nalishiga qarab 5ta guruhga ajratiladi