21:30 / 20.02.2020
5 003

Olimlar: plastmassa idishlar insonlarda jiddiy kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin

Olimlar: plastmassa idishlar insonlarda jiddiy kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin
Missuri universiteti olimlari plastmassa idishlar tarkibidagi bisfenol A moddasi (odatda, oq rangdagi granulalar ko‘rinishidagi kimyoviy modda) bo‘lmagan plastmassa idishlar zararli kimyoviy moddalarni o‘z ichiga olgan analoglar singari inson salomatligiga tahdid solishini aniqlashdi. Ushbu tadqiqot natijalari MedicalXpress tomonidan e’lon qilindi.

Tadqiqotchilar bisfenol A o‘rnini bosuvchi bisfenol S(BPS)ning sichqonlarning yo‘ldoshiga ta’sirini o‘rganishdi va shu bilan kimyoviy moddalarning homilador onalarga hamda ularning tug‘ilmagan bolalariga ta’sirini kuzatishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, onaning qonidagi BPS homilaga platsent orqali o‘tadi. Platsent esa embrionda miya rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan serotoninning asosiy manbai hisoblanadi va unga tushadigan kimyoviy moddalar tug‘ma nevrologik kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Olimlarning ta’kidlashicha, BPS yo‘ldoshdagi serotonin miqdorini pasaytiradi. Bisfenol A, o‘z navbatida, saraton, semirib ketish, bepushtlik kabi gormonal kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar: plastmassa idishlar insonlarda jiddiy kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin