22:08 / 20.02.2020
2 968

Shifokorni haqoratlashdi... ish sudda ko‘rildi

Shifokorni haqoratlashdi... ish sudda ko‘rildi
Fuqaro N.Ergashev 2020 yil 22 yanvar kuni soat 8:00 larda, Quva tumani, Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 79-sonli QOP UASH binosiga kirib, u yerda ushbu poliklinika vrachi, ish bo‘yicha jabrlanuvchi M.G‘ulomovni nima sababdan turmush o‘rtog‘iga yo‘llanmani tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga emas, balki tuman tug‘ruqxonasiga yo‘llanma berganligini aytib, M.G‘ulomovni sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi va uyatli so‘zlar bilan hamkasblari orasida so‘kib haqorat qiladi.

Sudda aniqlangan holatlarga ko‘ra, jabrlanuvchi M.G‘ulomov 2020 yil 22 yanvar kuni poliklinikada xizmat vazifasini bajarayotganida, huquqbuzar N.Ergashevni turmush o‘rtog‘i M.Ergasheva kelib, homilador ekanligini aytadi, homiladorlikni ro‘yxatga olishdan avval tekshiruv uchun qon analizlar topshiriladi va qon analiz natijalariga ko‘ra, M.Ergashevada “gepatit-S” kasalligi aniqlanadi (og‘ir darajasi).

Shundan so‘ng shifokor xizmat vazifasidan kelib chiqib, yo‘riqnoma asosida bemorni tuman tug‘ruqxonasiga yo‘llanma asosida jo‘natadi, bemor M.Ergashevaga tuman tug‘ruqxonasi va yuqumli kasalliklar vrachlari tomonidan tibbiy muolajalar olib boriladi.

Vrachlar tomonidan huquqbuzar va uning ayoliga bemorning ahvoli og‘irlashayotganligini, aslida ushbu kasallik homilador bo‘lmaganlar uchun ham xavfliligini, homilasi katta bo‘lgan sari jigarni qisib qo‘yib jigar ishlamasligi va bemorning hayoti xavf ostida qolishi mumkinligi tushuntiriladi. Shundan so‘ng bemor M.Ergasheva homilasini tushirib yuboradi.

Sudda, yuqumli kasalliklar shifokorlari va tug‘ruqxona shifokorlari ham mutaxassis sifatida so‘raladi. Shundan so‘ng holatga aniqlik kiritiladi.
Chunki, N.Ergashev shifokorlardan maslahat olib, agar ayoli tug‘sa, uning ikki nafar farzandi onasiz qolishi mumkinligini tushunib yetadi va ayolini homilani tushirishini u va o‘zi xohlaganligi ayon bo‘ladi. Chunki bemorning hayoti haqiqatdan ham xavf ostida edi.

Mazkur ish Quva tuman ma’muriy sudida ko‘rilib, huquqbuzar N.Ergashev qilgan haqoratlari uchun kechirim so‘radi va uning uchun shifokor to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatganligini aytib, boshqa bu kabi holatlar qaytarilmasligiga va’da berdi, huquqbuzar qonunda belgilangan tartibda jazoga tortildi.

Quva tuman ma’muriy
sudining raisi
A.Jumayev.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shifokorni haqoratlashdi... ish sudda ko‘rildi