14:55 / 21.02.2020
4 608

Endi mahalla raislari qanday daromad topadi? Moddiy yordam pullari qisqaradimi?

Endi mahalla raislari qanday daromad topadi? Moddiy yordam pullari qisqaradimi?
Adliya vazirligida yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan vazir lavozimiga ma’qullangan Rahmat Mamatov va uning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

"Darakchi" muxbiri Rahmonqulov Sardorbek tomonidan berilgan mahalla raislarining daromad manbalari endi nimalardan iborat bo‘lishi va moddiy yordam pullari qanday taqsimlanishi haqida bergan savollariga Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov shunday javob berdi:

- Ular har doimgidek belgilangan ish haqlarini olishadi. Faqat Prezidentimizning topshiriqlari bor: Yaxshi mahallalarda yaxshi ishlaganlar albatta rag‘batlantirilishlari kerak. Ular “yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz” kriteriyalarga ajratilgan holda, tadbirkorlik faoliyatidan tushgan mablag‘lar hisobidan belgilangan maoshiga qo‘shimcha ravishda rag‘batlantiriladi.

“O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 4602-sonli Prezident qaroriga muvofiq vazirlik boshqaruv xodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda tarif koeffitsiyenti markaziy apparatda – 2 baravarga, hududiy boshqarmalarda – 1.5 baravarga va tuman bo‘limlarida – 1,3 baravarga oshirish nazarda tutiladi.

Shuningdek, 2020 yil 1 iyuldan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etiladi. Ya’ni, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i hisobiga ularni moliyalashtirish amalga oshiriladi. Bu mablag‘lar tuman (shahar) mahalliy budjetlarida jamlanadi va har bir mahalla kesimida uning hududi bo‘yicha hisoblangan tushumlarga mutanosib ravishda ajratiladi.

Bu mablag‘lar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining ish haqi va lavozim maoshiga nisbatan 30 foiz qo‘shimcha maxsus ustama to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, hududlarni obodonlashtirish va boshqa xarajatlarga yo‘naltiriladi.



ENDI MAHALLADAN IJTIMOIY YORDAM PULLARI BЕRILMAYDIMI?
- Bundan keyin mahalla raisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi, daromad topadi, o‘z hisobini to‘ldirib, mahalladagi kam ta’minlangan oilalarga yordam beradi. Mahallalardan ajratiladigan moddiy yordam bilan Prezidentimiz aytgan kambag‘allikdan chiqib bo‘lmaydi. Mahalla qachonki fuqaro bilan manzilli yondashuv qilib, daromad topish yo‘llarini birgalikda topib, yordamga muhtoj oilalarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga imkon yaratilsa, moddiy ahvolni yaxshilash mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi mahalla raislari qanday daromad topadi? Moddiy yordam pullari qisqaradimi?