19:53 / 21.02.2020
3 790

Toshkentda yerusti metro yo‘li tagidagi joylar tadbirkorlarga taklif qilindi

Toshkentda yerusti metro yo‘li tagidagi joylar tadbirkorlarga taklif qilindi
Foto: Yashnobod tuman hokimligi
Yashnobod tuman hokimligi yangi barpo etilayotgan yerusti metro yo‘lining «Do‘stlik-2» bekatidan «Qo‘yliq» bekatigacha bo‘lgan 11,2 kilometr masofani yanada obod etish, aholiga qulaylik yaratish uchun tadbirkorlarni hamkorlikka taklif etmoqda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmatiga tayanib Daryo xabar berdi.

Mazkur metro yo‘li bo‘ylab aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, dam olish maskanlari, bolalar maydonchalari, velo va yugurish yo‘laklari bunyod etish ko‘zda tutilgan.

Foto: Yashnobod tuman hokimligi
«Tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, shahrimiz chiroyiga chiroy qo‘shishni o‘z oldiga maqsad qilgan hamshaharlarimizni yangi loyihalari bilan kutamiz», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Toshkentda qurilayotgan halqa metro liniyasining birinchi bosqichi bo‘lgan Do‘stlik–Qo‘yliq uchastkasida 6 ta bekat qurib bitkazilgan. Oraliq yo‘nalishidagi 2,3 ming metr masofada dastlabki poyezdlar sinov tariqasida harakatlangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yerusti metro yo‘li tagidagi joylar tadbirkorlarga taklif qilindi